FIFA prezidenti Janni Infantino jahon çempionati formati uçun yana bir taklifni bildirmoqda.
AFP xabariga köra, u guruh bosqiçi öyinlarida durang natija bölmasligini istamoqda.
U guruhlardagi yakuniy öyinlarda jamoalarni durang natija qoniqtiradigan vaziyat vujudga kelganida, bu vaziyat öyin sifatiga salbiy ta'sir qilmasligini ta'minlamoqçi.
U guruhdagi öyinlar durang natija bilan yakunlanganida, ğolibni penaltilar seriyasida aniqlaşni taklif qilgan.
Bu özgarişlar ham JÇ-2026 musobaqasidan boşlab amalga kiritilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Infantino bundan oldinroq mundial iştirokçilarini 48ta qilib belgilaş va bu terma jamoalar 3tadan bölib, 16ta guruhni taşkil etişini taklif qilgandi.












