Fransiya davlat rahbari Fransua Olland mamlakat harbiy-dengiz kuçlarining falagmani - «Şarl de Goll» aviataşuvçi kemasiga taşrif buyurdi, deb yozmoqda Le Figaro gazetasi. Bu uning prezidentlik davridagi uçinçi taşrifidir.
Ötgan yilning kuz mavsumidan buyon kema Örta yer dengizi şarqida joylaşgan bölib, Suriya va Iroqdagi IŞIDga qarşi ötkazilayotgan aksilterror harbiy amaliyotlarida qatnaşmoqda. Olland harbiy kampaniya natijalarini yuqori baholab, dengizçilar yaqin orada uylariga qaytişini ma'lum qilgan.
Qayd etilişiça, bu prezidentning aviataşuvçiga sönggi taşrifi bölişi mumkin. Çunki, Olland ikkinçi muddatga nomzodini ilgari surişdan boş tortgan edi. Quyida e'tiboringizga kema bortidan olingan suratlarni havola qilamiz.
















