Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi muomalada qolgan barça Galaxy Note 7 telefonlarini majburan bloklaşni amalga oşiradi. Bu haqda NBC telekanali korporatsiya matbuot-xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.
19 dekabr kuni uşbu smartfon dasturiy ta'minotining yangi namunasi çiqadi. U telefon batareyalarining quvvat oliş imkoniyatini işdan çiqaradi hamda gadjyetlarning mobil tarmoqlar va simsiz internetga ulaniş qobiliyatini bloklaydi.
Işlab çiqaruvçiga köra, foydalanuvçilar xarid qilgan Note 7 smartfonlarining 93 foizini qaytarib bergan, biroq iste'molçilar ixtiyorida qolayotgan 7 foiz qurilmalar ham jiddiy xavf soladi.
Model 2016 yil avgustida sotuvga çiqarilgan edi. Korporatsiya, ikki oydan söng, telefonlarning öz-özidan yonib ketiş hollari köpaygani sababli, dastlab savdolarni töxtatgan, söngra işlab çiqarişga ham barham bergan edi. Hozirça, telefon batareyasining nima sababdan alanga olayotgani aniqlangani yöq.












