Samsung kompaniyasi şaklan özga sayyoraliklar haqidagi filmlardagi uçar likopçaga öxşab ketuvçi uçuvçisiz qurilmaga patent oldi. Hujjat Koreya intellektual mulk byurosi tomonidan berildi. Hi-Tech naşri şu haqida ma'lum qildi.
Janubiy Koreya gigantining yangi işlanmasi - kamera bilan jihozlangan uçuvçisiz qurilma. Kompaniya patent oliş uçun arizani aprel oyida bergan bölsa-da, hujjatlarni dekabr oyida taqdim etgan.
Disk şaklidagi konstruksiyaning içida rotorli dvigatel yaşiringan. U xavfsizlikni közlab, ikki tomondan panjara bilan yopilgan. Bundan taşqari, likopça ikki oyoqqa ham ega.
Uçuvçisiz qurilma korpusi metall va sintetik qatronlardan işlangan. Kamera maxsus tokçaga örnatilgan böladi. Işlab çiqariş jarayonida konfiguratsiya özgartirilişi mumkin, albatta, lekin uning patentdan katta farq qilmasligi aniq.

















