WP: MRB Rossiya Tramp foydasiga AQSh saylovlariga aralashgan deb o‘ylamoqda
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi kelgan xulosaga ko‘ra, Rossiya 2016 yilgi AQSh prezidentlik sayloviga aralashgan ko‘rinadi. Moskva Donald Trampning g‘alabasini ta'minlash uchun shunday yo‘l tutgan, deb yozmoqda The Washington Post nashri o‘z manbalariga asoslangan holda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, maxfiy xizmatlar go‘yoki RF hukumati bilan bog‘liq bo‘lgan va WikiLeaks saytiga Demokratik partiya serveridan o‘g‘irlangan minglab maktublarni topshirgan xakerlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Xakerlar, shuningdek, Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaning maktublarini ham o‘g‘irlashgan edi. Nashr manbalarining aytishlaricha, aniqlangan shaxslar MRBga avvaldan ma'lum bo‘lib, "Rossiyaning Trampni ilgari surish va Klintonga zarar yetkazish amaliyotining bir qismi hisoblanadi".
"Razvedka boshqarmasi kelgan xulosaga binoan, Rossiyaning maqsadi nomzodlardan biri, Trampning g‘alaba qozonishiga yordam berishdan iborat bo‘lgan. Bu umumiy qarashdir", — deb yozgan nashr yuqori lavozimli Amerika mulozimiga tayangan holda.
AQShdagi turli OAVning FQBdagi manbalari Demokratik partiya serverlarini "rus" xakerlari buzganiga bir necha marotaba shama qilishgan edi. OAVlarida esa, Rossiya AQShdagi saylov natijasiga ta'sir ko‘rsatishni xohlayotganiga oid taxminlar ilgari surilgandi.
Shu bilan birga, rasmiy shaxslar, shu jumladan prezident Barak Obama ham bu xususda yakuniy xulosa chiqarilmaganini bildirgan. Rasman FQB tergov jarayoni borishini oshkor qilgani yo‘q. AQSh hukumati esa, Rossiyaning xakerlik hujumlariga aloqasini isbotlovchi dalillarni taqdim etmayapti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, o‘z navbatida, xakerlik hujumlarida Rossiyaning ayblanishiga javoban, oshkor qilinayotgan ma'lumotlarda Rossiya manfatlariga javob beradigan hech narsa yo‘qligini ta'kidlagan hamda o‘sha axborotlar mazmunidan saylovchilar e'tiborini chalg‘itish uchun shunday qilinayotganini aytgan edi.
Mavzuga oid
13:58
«Tramp urushlarni to‘xtata olmaydi» – amerikalik siyosatshunos Jyennifer Brik
12:46
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
12:37
Puerto-Riko aholisi yana bir bor AQSh tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berdi
09:59