Naşr ma’lum qilişiça, «Admiral Levçenko» 31-iyul kuni Germaniyaning Femarn oroli yaqinidan ötgan. Kemani nemis jurnalisti sohildan turib suratga olgan. Şuningdek, 1-avgust kuni Marineforum Online portali ham kemaning Rostok şahri şimolida suzib ketayotgani aks etgan suratni e’lon qildi.

Rossiya rasmiylari hozirça kemaning Boltiq dengiziga köçirilgani va unga yuklatilgan vazifalar haqida ma’lumot bermagan. Biroq Kieler Nachrichten tahliliga köra, «Admiral Levçenko» avval Daniya va Germaniya örtasidagi Femarn-Belt böğozida navbatçilik qilgan şu toifadagi «Severomorsk» kemasi örnini egallaşi mumkin.

Rossiya tomoni ilgari «Severomorsk» fuqarolik kemalari xavfsizligini ta’minlaş vazifasini bajarayotganini bildirgan edi. Nemis naşri esa bu amalda Rossiya neftini taşuvçi va xalqaro sanksiyalarni çetlab ötişda qöllanadigan «soya floti» kemalarini qöriqlaşni anglatganini ta’kidlaydi.

Ma’lum qilinişiça, «Severomorsk» iyun oyi oxirida «uzoq dengiz safari vazifalarini yakunlagani» sababli Boltiqni tark etgan. Uning ketişidan söng mintaqada Rossiya Baltiq flotiga qaraşli «Soobrazitelnyy» korvetigina qolgan edi. Endi esa unga yordam sifatida «Admiral Levçenko» yuborilgan.

Naşrning yozişiça, «Severomorsk» baza portiga qaytiş yölida Germaniyada qurilgan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boğliq deb hisoblanadigan Graceful superyaxtasini ham kuzatib borgan. Mazkur yaxta 2022-yil fevral oyida, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanişidan sal avval, Hamburgdan Kaliningradga olib ketilgan edi. Şu yilning özida AQŞ uni Rossiya rahbariyati bilan boğliq aktiv sifatida sanksiyalar röyxatiga kiritgan.

OAV ma’lumotlariga köra, keyinçalik Graceful Kaliningraddan Murmanskka yöl olgan. Rasmiy hujjatlarda uning manzili Istanbul deb körsatilgan bölsa-da, yönaliş özgartirilgani yaxtani Ukraina dronlari ehtimoliy hujumlaridan himoya qiliş maqsadi bilan izohlangan.