Eronning Iran Air aviakompaniyasi Amerikaning Boeing işlab çiqaruvçisi bilan 80ta samolyot xarid qiliş haqidagi şartnomani imzoladi. IRNA milliy agentligi Eron kompaniyasi rahbari Farhod Parvareş bergan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Manbada ta'kidlanişiça, Iran Air yaqin 10 yil içida 50ta Boeing 737 va 30ta Boeing 777 samolyotini qölga kiritadi.
Şartnoma 11 dekabr, yakşanba kuni Tehronda imzolandi. Unda ikki kompaniya rahbariyatidan taşqari, Eron yöllar va şahar rivoji vaziri Abbos Axundiy iştirok etgan.
Bundan avval Eronning Boeinğdan 25 milliard dollarga 100ta avialayner sotib olişi haqida ma'lumot berilgandi. Iyun oyida Eron konsern bilan dastlabki kelişuvga erişganida, kompaniya laynerlarning Eronga sotilişi uçun AQŞ hukumatining ruxsatini olgandi.












