Bugun, 11 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 8:00da Ruminiyada parlament saylovlari boşlandi, mamlakatda 1 254 saylov uçastkasi oçildi. Hozirga qadar, markaziy saylov byurosi (MSB) ma'lumotlariga köra, taxminan 70 ming kişi ovoz berişda iştirok etgan.
Deputatlar palatasi va Senatdagi 466 öringa 6,5 ming nomzod da'vogarlik qilmoqda. 2004 yildan keyin ilk marta ovoz beriş partiya röyxatlari böyiça ötkazilmoqda, saylovçilarning qatnaşişi va komissiya tomonidan ovozlarning hisoblanişiga doir monitoring qöllanmoqda. Xorijda yaşovçi 4,5 mingga yaqin ruminiyalik poçta orqali ovoz berdi.
Saylovlardagi asosiy raqiblar: söl-markaz Sotsial-demkoratik partiyasi (SDP) va öng-markaz Milliy-liberal partiyasi (MLP). Sotsial-demkoratlar iş haqini oşiriş va soliqlarni kamaytirişga va'da berişmoqda, liberallar esa - korrupsiya bilan kuraşişga.
Bugungi kunda Ruminiya hukumati tepasida partiyasiz texnokratlar faoliyat olib bormoqda. Hukumat rahbari kampaniyada rasman qatnaşmadi, lekin MLP uni saylovlardan keyin özining boş vazirlikka nomzodi sifatida e'lon qildi.
Taxminlarga köra, SDP taxminan 40 foiz ovoz bilan saylovlarda ğalaba qozonadi, MLP esa - 30 foiz atrofida.
Ruminiyadagi saylovlarda xavfsizlikni ta'minlaş uçun 45 ming politsiyaçi, jandarm va öt öçiruvçi jalb qilingan. Saylov uçastkalari mahalliy vaqt bilan soat 22:00da yopiladi.











