«Real» Ispaniya çempionatining 15-turida, «Santyago Bernabeu» stadionida keçgan bahsda «Deportivo»ni mağlub etdi (3:2).

Şu tariqa Zidan boş murabbiyligida «Real» qatorasiga 35 uçraşuvda mağlubiyatga uçramadi. Bu rekord natija sanaladi.

Bundan oldingi rekord niderlandiyalik mutaxassis Leo Benxakkerga tegişli bölib, «Real» uning boşçiligida 1989 yili qatorasiga 34 uçraşuvda mağlubiyatga uçramagan.

«Real» oxirgi marta şu yilning 6 aprelida YeÇL çorak finalining birinçi uçraşuvida «Volfsburg»ga mağlub bölgandi (0:2).

Ispaniya çempionatida eng uzoq vaqt davomida mağlubiyatsiz seriya qayd etiş böyiça rekordçi «Barselona» boş murabbiyi Luis Enrike hisoblanadi. Uning jamoasi 2015/16 yilgi mavsumda 39 uçraşuvdan iborat seriya qayd etgandi.