Xitoyning Suçjou şahrilik hisobçi hujjatlarni soxtalaştirib, taşkilot kassasidan mablağlarni ömargan. Buni u keyinçalik sevimli strimerlari elektron hisob raqamlariga ötkaziş uçun amalga oşirdi. Ni familiyalik 27 yoşli ayol hammasi bölib 227 ming dollar öğirladi, deb yozadi Global Times.
Naşr ma'lumotlariga köra, Ni strimlar körişni yoqtirgan. U yerda esa pul yoki boşqa mukofot evaziga videoblogerlar kamera oldida tomoşabinlarning turli iltimos va xohişlarini bajarişadi. Xitoylik ayol 2015 yilda davlat taşkilotiga hisobçi lavozimiga işga kirgan. Bunga qadar esa videoblogerlar orasida bir neça sevimli qahramonlarga ega bölib ulguradi va taşkilotdan ömarilgan pullarni ularga berişni boşlaydi.
Oxir-oqibat politsiya Nini qölga oldi. Sud xitoylik ayolni beş yillik qamoq va 49 ming dollarlik jarima jazosiga mahkum etdi.












