Reddit foydalanuvçilari har kuni Photoshop Battles jamiyatida fotojablar yaratiş borasida tajriba oşirişadi. Ijod uçun siyosatçilar, sportçilar, aktyorlar suratlari va ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi keng tarqalgan suratlar olinadi. TJ naşri poyoniga yetayotgan yilning eng maşhur fotojablarini yodga oldi. 

Odamlar

Texnologik startap stajyori iş joyida uxlab qoldi, buni körgan hamkasblari u bilan birgalikda suratga tuşişdi. Reddit'da çop etilgandan keyin foydalanuvçilar surat  muallifini "Taxtlar öyini" personajiga aylantirişdi va önlab boşqa fotojablarni yaratişdi. 

2013 yilda Çelyabinsk opera va balet teatri artistlari maxsus fotokörgazma uçun yöl patrul xizmati xodimlarining kiyimida suratga tuşişdi. Vaqt ötgani sari suratni yangiliklarda ham qöllay boşlaşdi. 2016 yilda surat fotojablar uçun asos bölib xizmat qildi. 

Mart oyining boşida amerikalik Şon Kanningem öğlini beysbol tayoği zarbidan qutqarib qoldi. Yangiliklar saytlari va televideniye uşbu suratga e'tibor qaratdi. Suratdagi boşqa bir kişi esa fotojablarning boş qahramoniga aylandi. 

Reddit foydalanuvçilari yoş juftlikning muvaffaqiyatsiz suratiga diqqatni qaratişdi. Surat Minnesota ştatida olingan. Original surat ostida bir neça kun içida mingdan ortiq izohlar qoldirildi, uşbu surat böyiça esa önlab fotojablar yaratildi. Keyinroq OAVda berilgan intervyuda suratdagi yigit uçraşuvdan emas, muzqaymoq sotib oliş uçun puli qolmaganidan xafa bölganligini ma'lum qildi.