Mashable 2016 yilning eng yaxşi memlari bilan taniştirdi.

Birinçi örin AQŞ vitse-prezidenti Jo Baydenning tasvirlariga nasib etdi, ularning aksariyati Baydenning yangi saylangan prezident Donald Trampga bölgan munosabatini körsatib bergan. 

AQŞ vitse-prezidenti Jo Bayden

Ikkinçi örinda — Xarambe gorillasi iştirokidagi memlar (u Tsintsinnati hayvonot boğida bolaning qafasga tuşib qolişi natijasida otib taşlangan). Ijtimoiy tarmoqlarda jonivor xotirasiga nafaqat memlar, balki #JusticeForHarambe va #RIPHarambe xeşteglari ham paydo böldi. 

Xarambe gorillasi

Uçinçi poğona Mannequin Challenge fleşmobiga berildi. Uning iştirokçilari özlarini manekenlardek tutişadi. 

Mannequin Challenge fleşmobi

Mazkur reytingdan şuningdek "Arturning muşti" ("Artur" animatsion serialidan olingan kadr), "ğazabdagi Maykl Felps" (Braziliyadagi Olimpiada vaqtida olingan surat), "yiğlayotgan Lebron Jyeyms" ("Klivlend Kavalers" basketbolçisi), "Qurbaqa Kermitning biz bilmagan qirralari" ("Mappet-şou" qahramoni) va "öylanib qolgan janob Krabs ("Spanj Bob" personaji) örin olgan".

Arturning muşti

Bundan taşqari, röyxatda "Taxtlar öyini" personaji Xodoruga bağişlangan mem ham bor.