Odilbek Obidov (ism-familiyalar özgartirilgan) muqaddam ikki marta sudlanib, hayotning aççiq saboqlaridan xulosa çiqarmadi. Aksinça, jinoyatçilikning qoronğu köçalariga öz jigari, ukasi Oğabekni ham yetakladi. Şofirkon tumani Mirzoqul qişloq fuqarolar yiğinida röyxatda turib, Zangiota tumanida istiqomat qilayotgan aka-ukalar tovlamaçilik, firibgarlik kun kelib yuzlarini qora qilişi mumkinligini öylab ham körişmadi.

“Huquq” gazetasining yozişiça, kirakaşlik qilib yurgan Oğabekning maşinasiga çiqqan qaşqadaryolik Muhammad Abulov ulfat odam çiqib qoldi. Yöl ustidagi oşxonaga kirib tuşlik qilişdi. Dasturxon boşida, spirtli içimlik ta'sirida oğa-ini ham tutinişdi. Bu işonçni suiiste'mol qilgan Oğabek “mijoz”ning çöntagidan 600 ming sömlik qöl telefoni, 4 million 800 ming söm naqd pulga qöşib, uning haydovçilik guvohnomasini ham yaşirin ravişda ömardi.

Qilmişi haqida akasiga maqtanib gapirgan Oğabek Odilov navbatdagi jinoyatga qöl urdi. U M.Abulovga tegişli haydovçilik guvohnomasiga özining fotosuratini yelimlab, hatto ism-familiyasini ham yozib qöydi. Uşbu qalbaki hujjat bilan Toşkent köçalarida “Spark”ni boşqarib yuraverdi.

Aka-ukalar qarmoğiga ilingan Mahzuna esa boşi berk köçaga kirganini anglab yetganida ança keç bölgan edi. 2015 yil noyabr oylarida Odilbek Obidov göyo Mahzuna Törayeva bilan bir töşakda bölgan paytidagi fotosuratlari borligini, bu suratlarni uning oila a'zolariga va internet tarmoği orqali tarqatişi mumkinligini aytib, ayoldan pul talab qiladi. Ular şu tariqa M.Törayeva uçun sir saqlanişi lozim bölgan ma'lumotlarni tarqatiş bilan qörqitib, qabih niyatni tovlamaçilik orqali amalga oşirişadi.

Ayollik şa'ni, or-nomusi toptalişini öylagan M.Törayeva aka-ukaga 2016 yil mart oyi örtalarida 3000 AQŞ dollari va 600 ming söm pullarni beradi. Oradan ozroq vaqt ötib M.Törayevadan yana 1000 AQŞ dollarini qölga kiritgan tovlamaçi aka-ukalar uzoqqa bora olmadilar.

Sud hukmiga köra, Odil Obidov 8 yilga, Oğabek Odilov esa 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildilar.