Kamera yoki dronlardagi stabilizatorlar - odatiy konstruksiya elementlari: ular qöl qimirlab ketişi  natijasida  tasvirning xiralaşişiga yöl qöymaydi. Liftware işlab çiqaruvçilari stabilizatsiya tizimlarini qöllaşning yana bir usulini topişdi - maxsus mexanizmlar qoşiqlarga örnatildi. Ularning qanday işlaşiga oid video internet tarmoqlarida tezkorlik bilan tarqalmoqda. 

Kompaniya "aqlli qoşiqlar"ning ikki modelini işlab çiqardi. Birinçisi - Liftware Steady Parkinson va boşqa kasalliklarga çalingan kişilarga yaqindan yordam beradi. Ikkinçisi - Liftware Level  –  harakatlar koordinatsiyasining buzilişida (miya falaji, spastik şaroitlar va b.) qöllaniladi. 

Qoşiqlar elektron stabilizatsiya tizimlarini öz içiga olgan. 

Ikki oşxona anjomi ham - stabilizatsiya tizimli ruçka, qoşiq, şuningdek zaryad qurilmani öz içiga olgan töplamlardan iborat. Akkumulyator zaryadi taxminan uç marta ovqat yeyişga yetadi. Bunga qöşimça ravişda sançqi va desert qoşiqçasini ham xarid qiliş mumkin. 

Liftware Steady töplamida elektron harakat datçiklari va ma'lumotlarni qayta işlovçi tizim mavjud. Mazkur tizim kasallik belgisi bölgan tremor harakatlarni ongli ravişda amalga oşirilgan harakatlardan ajrata oladi. Qoşiq tremor harakatlarni 70 foizga qisqartirib, bemorlarning mustaqil ovqatlanişi uçun imkon yaratadi. 

Töplamlar narxi - 195 dollar. Kimlargadir bu qimmatroq tuyulişi mumkin, biroq bemorlarga birovning yordamisiz mustaqil ovqatlaniş imkoniyatini qaytariş şunga arziydi.