Uyqu vaqtida inson organizmi immun hujayralarini “qayta dasturlaşi” va şu tariqa ularni infeksiyaga qarşi yanada faol kuraşişga majbur qilişi sababli bemorning özini his qilişi sezilarli darajada yaxşilanadi. Journal of Experimental Medicine şu haqidagi ma'lumot bilan bölişdi. 

“Uyqu T-hujayralar faoliyati samaradorligini va ularning turli xavflarga qarşi reaksiyasini oşiradi. Bu, ayniqsa, uyqusizlik va unga olib keluvçi turli muammolar, şu jumladan depressiya va stress keng tarqalgan bugungi kunda juda muhim”, - deydi Germaniyaning Tyubingen universitetidan Lyuçiana Besedovski. 

Olimlarning fikriça, inson hamda jonivorlarning miyasi va gormonal tizimi doimiy ravişda ikki turdagi signalni işlab çiqaradi – ulardan biri organizmni uxlaşga majbur qiladi, ikkinçisi esa – uxlaşga bermaydi. Sutkalik ritmlar natijasida boruvçi signallar bizni tunda - uxlaşga, ertalab – uyğonişga, ularning faoliyatidagi buzilişlar esa - uyqusizlik yoki narkolepsiya rivojlanişiga majbur qiladi.

Sönggi yillarda biologlar ularning nafaqat uxlaş istagiga, balki köp hujayra tizimlarining faoliyatiga ham ta'sir qilişiga tobora köproq sabab topişmoqda. Xususan, uyqu tizimining buzilişi Alsgeymer kasalligining tezkor rivojlanişi, tana hujayralarining tez qarişi va köplab boşqa jiddiy muammolarga boğliq bölib çiqdi. Besedovski va uning hamkasblari uyquning organizm faoliyatiga qanday ta'sir qilişiga yana bir qiziq misol keltirişdi. 

Taxminan 10 yillar avval olimlar inson organizmi T-hujayralarning bunday faoliyatiga ta'sir qiluvçi ikki turdagi signalni işlab çiqişini aniqlaşgan. Ularning ötgan asr örtalaridan ma'lum bölgan bir qismi immunitetni rağbatlantiradi, yaqinda kaşf qilinganlari esa, aksinça, unga bosim ötkazadi.  

Germaniyalik olimlar bu hujayralarga boşqa - zararlangan hujayralarga birikib, ularni yöq qilişga aynan qanday signallar tösqinlik qilayotganiga qiziqişgan. Buning uçun ular nisbatan bezarar  tsitomegalovirus bilan zararlangan odamlarning qon namunalarini töplaşgan va turli şaroitlarda östirilgan T-hujayralarning qanday qilib ularga hujum qilişini kuzatişgan. Bu ularga tört turdagi moddani, jumladan, prostoglandin jinsiy gormonlarini ham ajratişga yordam bergan – ular zararlangan “mijozlar”ga birikişga kömak beruvçi oqsillarni kamroq işlab çiqara boşlaşgan. 

Tadqiqotçilar bu signal molekulalarining xususiyatlari va kelib çiqişini tahlil qilib, ularni umumlaştiruvçi bir jihatni aniqlaşdi – immun tizimining bu “tormozlari” konsentratsiyasi barçasi aynan uyqu vaqtida kamaygan.