Xalqaro işbilarmonlar gazetasi Financial Times AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni yil odami deb e'lon qildi. Bu haqda naşr saytida xabar qilinmoqda. 

Bunday tanlovga izoh berilgan maqolada yozilişiça, Donald Tramp «AQŞning siyosat yuritiş qoidasini özgartirişning uddasidan çiqqan».

«Trampning ğalaba sari yölida eng samarali tomoni şundan iborat böldiki, uning tarafdorlari Trampni jiddiy qabul qilgan bölsa, OAV aksinça yöl tutib, xato qildi. Endilikda, u ğalaba qozongaç, har kim öz bilganini qilmoqda», — deb yozmoqda gazeta.

Bundan avvalroq, Time siyosiy jurnali ham Trampni yil odami deb e'lon qilgan edi.

Financial Times ötgan yili GFR kansleri Angela Merkel yil odami deb topgan edi.