Qozoğistonlik Gennadiy Golovkin nokautlari soni böyiça Ginness rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda GGG jamoasi vakili Janar Uteşev ma'lum qilgan.

"Mana ular, qadrdonlar. WBC tomonidan 2ta maxsus mukofot va Ginness Rekordlar kitobidan sertifikat. Ular bilan çeksiz faxrlanaman!", - deya yozgan Uteşev öz instagramida.

Eslatib ötamiz, Golovkin 36 jang ötkazib, barçasida ğalaba qozongan. Bu janglarning 33tasida nokaut qayd etilgan.

Gennadiy Golovkinning britaniyalik Kelli Brukka qarşi jangi Butunjahon boksçilar kengaşi (WBC) tomonidan "Yil voqeasi" deb topilgan.

Gennadiy Golovkin - 2003 yilda havaskorlar boksida jahon çempioni bölgan, 2004 yilgi Olimpiada öyinlarida kumuş medal olgan. U hozirda WBA (Super), IBF, IBO va WBC versiyalarining örta vazn toifasidagi jahon çempioni hisoblanadi.