Qozoğistonlik boksçi Gennadiy Golovkin jarohat olgan. Bu haqda WBO çempioni Jo Sondersning promouteri Frenk Uorrenga asoslanib Boxingnews24.com xabar tarqatdi.

"Golovkinning jamoasi bilan muzokaralar töxtab qoldi. Uning promouterlari menga u jarohatlangani haqida aytişdi. Barçasi qanday yakun topişini köramiz. Biz bu jang ötkazilişidan manfaatdormiz va bu jangga har qaçon tayyormiz", degan u.

Amerikalik jurnalist Den Ambrozening yozişiça, Golovkin 18 mart kuni Deniel Jyeykobsga qarşi jang vaqtida jarohatlangan bölişi mumkin.

Boşqa taxminlarga köra, aslida Golovkin jarohatlanmagan, uning jamoasi taktika qöllamoqda. Şuningdek jamoa qaror qabul qiliş uçun vaqtga ega bölmoqçiligi aytilgan.

33 yoşli Golovkin WBA (Super), IBO, IBF va WBC versiyalarining örta vazn toifasidagi jahon çempioni hisoblanadi. U öz vaznida mutlaq jahon çempioniga aylanişi uçun, Sondersdan WBO kamarini tortib olişi kerak böladi.