Qozoğistonlik Gennadiy Golovkin va britaniyalik Billi Jo Sanders örtasidagi titul jangi şu yilning iyulida Qozoğistonda ötkaziladi. Bu haqda Ostona şahri hokimiyatining turizm, jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi rahbari Berik Marjikpayev matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
Uning aniqlik kiritişiça, Golovkin imzo qöygan va jang 17 iyulga belgilangan.
"Britaniyalik bilan jang "Astana Arena" stadionida ötkaziladi. Şunday ekan, pul yiğişni boşlang, çipta arzon bölmasligi aniq", — degan Marjikpayev.
U barça masalalar jangdan ikki hafta oldin kelişib olinişini qayd etgan.
"Axir bu professional boks, bu biznesga aylangan. Menimça çipta bahosi 10-15 ming atrofida böladi", — degan boşqarma rahbari.
33 yoşli Golovkin WBA (Super), IBO, IBF va WBC versiyalarining örta vazn toifasidagi jahon çempioni hisoblanadi. U öz vaznida mutlaq jahon çempioniga aylanişi uçun, Sondersdan WBO kamarini tortib olişi kerak böladi.












