AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka bilan uçraşuv imkonini sotib olmoqçi bölgan onlayn-auksion iştirokçilari lot uçun e'lon qilingan mablağning yarmisini tölaşga tayyor.
"Ivanka Tramp bilan Nyu-York yoki Vaşingtonda kofedan lazzat ol" nomi ostidagi lot CharityBuzz.com saytiga qöyilgan. Uni sotişdan tuşadigan mablağ 50 ming dollar atrofida bölişi mumkin, biroq hozirça eng katta taklif 24 mingni taşkil qildi. 5-13 dekabr kunlarida esa hammasi bölib 15 ta taklif berilgan.
Eng köp mablağni taklif etgan iştirokçi Nyu-Yorkdagi Trump Tower yoki Vaşingtondagi Trump International mehmonxonasida 30-45 daqiqalik uçraşuv imkoniga ega böladi. Şunisi diqqatga sazovorki, ğolib nafaqat şaxsiy ma'lumotlari haqidagi maxsus anketani töldirişi, balki Trump Organization kompaniyasi tomonidan tasdiqlanişi ham lozim.












