Yevropa çempionlar ligasining 1/8 final ikkinçi haftada ötkaziladigan öyinlari birinçi haftasida bölgani kabi unçalik ham jarangdor deb bölmaydi. Har bitta juftlikda nisbatan çorak finalga munosibroq jamoani köriş mumkin. Tribuna.Uz navbatdagi törtta juftlikni tahlil qilib köradi.
Bayyer – Atletiko Madrid (21 fevral, 2017 yil)
Bu jamoalar ham bundan 2 yil muqaddam pley-offning şu bosqiçida özaro röbaro‘ kelişgandi. Ikkita öyinda ham mezbonlar 1:0 hisobida ğalaba qozongan, Madriddagi uçraşuvda penaltilar seriyasi bölib ötgan. Lotereyalar bahsida «Atletiko» ustun kelgandi. Qiziq tomoni ikkala jamoa uçraşgan yillarida doim tenglik kuzatiladi. 2010 yilda bu ikki klub bir guruhdan joy olgan va ikkita öyinda ham 1:1 hisobida durang qayd etilgandi.
Bölajak öyin
Hozirgi kunga kelib ispan jamoasini favorit sanaş mumkin. Biroq sönggi ikki yildagi aynan şu bosqiçdagi öyinlariga qarasak, Simeone şogirdlari osonlik bilan keyingi bosqiçga ötmaganini körişimiz mumkin. Avvaliga «Bayyer», ötgan yili esa PSV faqatgina penaltilar seriyasida mağlub etilgan. Şunday ekan, bizni oldinda juda qiziqarli öyin kutib turgani şubhasiz.
(Tribuna.Uz talqiniga köra) Imkoniyatlar: 45-55
Mançester Siti – Monako (21 fevral, 2017 yil)
Yevropaning joriy mavsumdagi eng kuçli hujum çiziğiga ega bölib turgan «Monako» himoyada juda köp muammolarga uçrayotgan «Mançester Siti»ga qarşi maydonga çiqadi. Aslida Jardim özining himoyaviy öyin uslubi bilan tanilgan. Biroq joriy mavsumda uning jamoasi hujumkor öyini bilan ajralib turibdi. Mavsumning yarmiga ham yetmay turib jamoa 53 bor raqiblar darvozasini işğol qilganining öziyoq köp narsani anglatib turibdi.
Bu ikki jamoa bir-biri uçun mutlaqo yangi klub sanaladi. Şu kunga qadar «Monako» va «Mançester Siti» özaro birorta uçraşuvda ham maydonga çiqmagan.
Bölajak öyin
Bir qaraşda Xosep Gvardiola jamoasi juftlikda favorit körinişi mumkin. Biroq sönggi paytlarda «Mançester Siti» körsatayotgan öyin aynan «Monako» kabi jamoalar uçun juda qulay usul bölib çiqmoqda. Jardim Fransiya çempionatida hujumkor futbol namoyiş etayotgan bölişiga qaramay, «Siti» kabi töp bilan total ustunlikda muomalada bölişni yaxşi köradigan jamoalar bilan qarşi hujumda öynaşni juda yaxşi köradi. «Arsenal»ga qarşi ikki mavsum oldingi öyin bunga yaqqol misol.












