NASA tomonidan çop etilgan Pegas yulduzlar turkumidagi ikki LL yulduz tasviri ilmiy doiralarda köplab muhokamalarga sabab böldi. Bir qator ekspertlar suratdagi spiral — spiral galaktika yoki tumanlik ekanini ta'kidlaşdi. Fizik va ilm-fan tarğibotçisi Fil Pleyt bu spiralning qanday paydo bölganiga izoh berdi. RIA "Novosti" şu haqida ma'lum qildi.
LL yoxud AFGL 3068 – Yerdan 3 ming yoruğlik yil masofasida joylaşgan Pegas yulduzlar turkumidagi ikkilamçi yulduz tizimi. U 2010 yilda «Xabbl» rasadxonasida kaşf qilingan.
Ikkilamçi yulduz töğri spiral şaklidagi yangi paydo bölgan sayyoraviy tumanlik içida joylaşgan. LL tarkibiga qizil gigantga aylangan Quyoşning yirik eski analogi va hali yoqilği zaxiralarini tugallanmagan nisbatan mayda yulduz kiradi.
LL yulduzi qizil gigantga aylaniş jarayonida kattalaşdi va koinotga ma'lum bir miqdordagi materiyalarni çiqara boşladi. Undan yoruğlikni deyarli ötkazmaydigan gaz-çang pillasi şakllandi.
Ikkinçi yulduzning aylanişi hisobiga materiya spiralsimon şaklga kirgan. Mayda yulduzning kattasi atrofidagi har bir harakati yangi spiral aylanasini hosil qiladi. Aylanalar soni mazkur tizimning atigi 4 ming yil avval şakllanganligidan dalolat beradi.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, «Xabbl» suratlarida spiral paydo bölişi kerak emasdi, çunki ikki yulduz atrofidagi çang va gaz yoruğlikni tösadi. Hoynahoy, galaktikaning fon yoruğligi obektni nur bilan ta'minlagan - şu tufayli Somon yöli markaziga yaqin joylaşgan spiralning öng tomoni yaxşiroq köringan.












