RF prezidenti Vladimir Putinning bayonot berişiça, u xalqaro siyosat maydonida populizm (obro‘ qozoniş maqsadida xalqqa ulkan asossiz va'dalar beriş)da yaxşilik körmasligini ma'lum qildi.
"Siyosatdagi populizm har doim katta xavf soladi, çunki, odamlar orasida turli qaraşlarga sabab böladi, yo keraksiz kutişlarga olib keladi, yoki aksinça, dolzarb bölmagan, imkonsiz maqsadga erişiş uçun haddan ortiq harakat qilişga töğri keladi. Bu narsa bekorga yoki zararga böladi. Şunday ekan, populizmda yaxşilik yöq", — deb qayd etgan Putin. U Yaponiyaning "Nippon" telekanali va "Iomiuri" gazetasiga bergan intervyusida şu haqda söz yuritgan.
"Bu ayni vaqtdagi siyosiy kun tartibidan kelib çiqilgan holda, oldinni köra olmaydigan, oqibatlari xususida fikr yuritmaydigan, umuman, öylaşni va majburiyatlarini ado qilişni xohlamaydiganlar tomonidan amalga oşiriladi", — degan prezident, yaponiyalik jurnalistlarning xalqaro siyosatdagi vaziyatni izohlaşni sörab qilgan murojaatlariga javoban.












