Toşkentda “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” şiori ostida Yoşlar haftaligi boşlandi
“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim, Madaniyat va sport işlari vazirliklari, Özbekiston Badiiy akademiyasi va boşqa taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan mazkur festivalda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, sport musobaqalari ğoliblari, san'at va madaniyat namoyandalari, taniqli ilm-fan arboblari, xorijiy ekspertlar iştirok etmoqda.
“Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” şiori ostidagi an'anaviy Yoşlar haftaligi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarda yoşlarning iştirokini yanada faollaştiriş, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta özlaştirgan soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkazişga kömaklaşiş, eng iqtidorli yigit-qizlarni saralaş, ularni rağbatlantiriş maqsadida taşkil etilmoqda.

«Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati markaziy kengaşi raisi B.Ğaniyev, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari M.Karimov, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining birinçi örinbosari Ş.Şermatov, «Özbeknavo» estrada birlaşmasi boş direktori F.Jörayev, "Özbekkino" milliy agentligi boş direktori O.Musayev, Özbekiston Badiiy akademiyasi raisi örinbosari F.Toşmuhamedov va boşqalar mazkur haftalik yoş avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularning ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş va rağbatlantirişga xizmat qilişini ta'kidladi.
Özbekiston Respublikasining “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonuni yoşlar faolligini oşirişga qaratilgan islohotlarni yangi bosqiçga kötarmoqda.
Haftalik doirasida Talabalar teatr studiyalari festivali ötkaziladi. Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Toşkent axborot-texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Navoiy davlat konçilik instituti, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti talabalarining teatr jamoalari milliy va jahon adabiyoti asarlari asosida sahnalaştirilgan spektakllarni namoyiş etadi. Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida taşkil etiladigan spektakllar namoyişiga yoş tomoşabinlar baho beradi. Festivalning eng sara asari Özbek Milliy akademik drama teatrida namoyiş etiladi.
Yoşlar haftaligi doirasida mamlakatimizdagi beşta oliy ta'lim muassasasining iqtidorli talabalari örtasida “Tafakkur sinovlari” tanlovining yakuniy bosqiçi bölib ötadi.












