Buxoro viloyatida 10-15 sentabr kunlari «Yoşlar haftaligi» bölib ötadi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan ötkazilayotgan mazkur haftalikda Buxoro viloyatining Kogon, Buxoro, Qorovulbozor, Şofirkon, Ğijduvon tumanlarida bir qator tadbirlar, oçiq muloqotlar, seminarlar taşkil etilişi rejalaştirilgan. «Yoşlar haftaligi»da Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi, «Imkoniyati çeklangan bolalar va yoşlar markazi», «Yoşlarga psixologik xizmat körsatiş markazi», Yoşlar muammolarini örganiş instituti, Respublika yoş ijodkorlar kengaşi vakillari iştirok etadi.
Haftalik doirasida notinç hamda jinoyatçilikka moyilligi bor yoşlar bilan işlaş böyiça seminar, imkoniyati çeklangan bolalar bilan uçraşuv, ijodkorlar bilan uçraşuv va kitob taqdimotlari, maktab va ittifoq sardorlari uçun öquv seminar, sport musobaqalari, notinç hamda jinoyatçilikka moyilligi bor yoşlar bilan işlaş böyiça seminar, mehnat yarmarkalari ötkaziladi.












