Suriya prezidenti Başar Asadning bayonotiga köra, IŞID terrorçilik guruhi jangarilarining Palmiraga hujumi va uni egallab olişi Suriya hukumat qöşinlarining Halabdagi harakatlariga javob bölgan. Asad RT telekanaliga bergan intervyusida şunday fikrni bildirgan. 

IŞID jangarilari 10 dekabrda Palmiraga yurişni boşlagan va tinç aholi vakillari köçirilgan şahar çekka hududlarini egallab olgan edi. "Agar siz uşbu hujum vaqtiga e'tibor bersangiz, uning Halabdagi jarayonga boğliq ekanini ilğaysiz. Ular Suriya armiyasining Halabdagi yurişini barbod qilib, diqqatini çalğitişga urinmoqda", — degan Asad. 

Rossiya harbiylarining sözlariga köra, IŞID Raqqadagi kuçlaridan sezilarli qismini Palmiraga safarbar etgan. AQŞ va xalqaro koalitsiya kuçlari ötgan haftada terrorçilarga qarşi faol jangovar harakatlarni töxtatgan edi. Bundan taşqari, IŞIDning yirik miqdordagi zirxli texnikalari Dayr az-Zor tumanidan Palmiraga taşlangan. 

Başar Asad, şuningdek, Ğarb mamlakatlari jangarilarning Halabdagi qilmişlariga köz yumayotganini ta'kidlagan. Uning fikriça, Ğarb terrorçilarning odamlarni Halabda qatl qilayotganiga e'tibor qaratmayapti, IŞID jangarilarining Palmiraga hujumiga ham şunday munosabatda bölmoqda. Ular, faqat Suriya armiyasining muvaffaqiyatini tanqid qilmoqda. 

"Agar Palmirani hukumat kuçlari egallab olganida, madaniy meros böyiça turli xavotirlarga sabab bölar edi. Agar biz Halabni terrorçilardan ozod qilsak, Ğarb mulozimlari va yetakçi OAV tinç aholi vakillari xususida qayğura boşlaşadi. Ular, aksinça jarayon bölsa, ya'ni terrorçilar tinç aholi vakillarini öldirişsa yoki Palmirani egallab olişsa hamda faqatgina Suriyaga emas, insoniyatga tegişli madaniy va tarixiy merosni yöq qilişsa, qayğurişmaydi", — deya bayonot bergan Asad.

Suriya rahbari, ğarb mamlakatlari Rossiyani Damaşqqa ta'sir ötkazişga undayotgani borasida ham qaraşlarini ma'lum qilgan. Uning aytişiça, Ğarbning RFga murojaat qilib, Suriya armiyasining IŞID terrorçilik guruhiga nisbatan yurişini töxtatişi borasida bosim ötkazişga çaqirişi, aynan uşbu yurişni töxtatişga urinayotganini bildiradi. 

Ötgan haftada, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada va AQŞ rahbarlari qöşma bayonotlarida Rossiya va Eronni Halabdagi vaziyat yuzasidan Suriya hukumatiga bosim ötkazişga undagan edi. 

"Siyosatda gap nimadaligini anglaş juda muhim. Ular nimani sörayotgani asosiy masala emas. Ularning Rossiya uçun bayonoti quyidigaça edi: "Iltimos, Suriya armiyasining terrorçilarga qarşi yurişini töxtating". Mana şu ularning bayonoti mazmuni. Qolganini unuting. Ular terrorçilarni himoya qilişda haddan oşib ketmoqda. Bundan boşqaça bölişi mumkin emas. Ular aksinça, bas qiling, biz terrorçilarni yöq qilişimiz kerak, deb aytişlari lozim edi", — deya javob bergan Başar Asad jurnalistlar savoliga.