Qatl jazosini qöllaydigan Belarus "Yevropa qora tuynugi" deb ataldi. Bu haqda 13 dekabrda Yevropa kengaşi parlament assambleyasi (PASe) ma'ruzaçisi Andrea Rigoni Minskdagi anjumanda aytib ötdi, deb xabar bermoqda "BelaPAN".

"Biz Belarus Yevropa Kengaşiga kirişini juda istaymiz", deb aytdi Rigoni. Uning aytişiça, Belarus PASega maxsus taklif qilingan davlat maqomidan 1997 yilda mahrum etilgan va uning bu taşkilotga qaytişiga mamlakatda qatl jazosi qöllanişi tösiq bölmoqda.

Rigonining aytişiça, ular Belarusdan öz an'analari, qonunlari va fuqarolarga munosabatini özgartirişni söraşmayapti, balki juda bölmasa vaqtinçalikka qat'iy jazo çorasidan voz keçişga çaqirişmoqda. "Keling bir yilga taqiqlov kiritamiz va bu çora vaziyatga qanday ta'sir qilişini köramiz", deb aytgan PASe vakili. Uning aytişiça, qatl jazosining qöllanişi oğir jinoyatlar miqdorini kamaytirmaydi.

2016 yilda Belarusda 3 ta qatl jazosi ijro etilgan. Belarus Yevropada hali ham qatl jazosi qöllanadigan yagona davlat hisoblanadi. 1996 yilda bu jazoning bekor qilinişi masalasi umumxalq referendumiga olib çiqilgan va uning natijasiga köra, bu jazoning saqlab qolinişiga 80,5 foiz aholi öz roziligini bildirgan. Yevropa Ittifoqi Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga bu jazoni bekor qiliş iltimosi bilan murojaat qilgan, biroq Lukaşenko bunga ba'zi hollarda qatl jazosi zarurligi bilan javob bergan.