Bugun, 14 dekabr kuni Toşkentda Oliy Majlis palatalari qöşma majlisi vaqtida prezidentning inauguratsiya marosimi bölib ötdi.

Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov Şavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasini va Markaziy saylov komissiyasining şahodatnomasini topşirdi. Şundan söng uni qasamyod qabul qiliş uçun minbarga taklif qildi.

Marosimdan fotosuratlar Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.

Prezident Konstitutsiya va Qur'onga qöl qöygan holda qasamyod qildi: «Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etişga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berişga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişga tantanali qasamyod qilaman».