Angliyaning «Mançester Siti» klubi boş murabbiyi Xosep Gvardiola agar jamoa muvaffaqiyatsiz iştirokini davom ettirsa, lavozimidan ozod etilişi mumkinligini inkor etmadi.

«Futbol uzoq muddatli loyiha emas. Sen unda darhol ğalaba qozonişing kerak, agar bu narsa sodir bölmasa, senda muammolar paydo böladi.

Albatta futbol klubida taşkilotçilik masalalarini joy-joyiga qöyiş köp vaqtni oladi. Ammo murabbiylar darhol yutişni boşlaşi kerak, aks holda ularning örniga örinbosar qidirişga tuşişadi.

Hozirça men heç qaysi klubdan haydalganim yöq. Birinçi marta bu kabi uzoq muddat ğalabalarsiz uçraşuvlarni ötkazib muammoga duç kelmoqdaman. Kelgusi yili vaziyat yaxşi böladi. Undan keyingi yil esa — yanada yaxşi. Ammo «Siti»ga kelganimdayoq bilardimki, men darhol ğalaba qozonişim kerak. Klub rahbariyati menga işonç bildirayotganini his qilmoqdaman, ammo haqiqat şuki, jamoaga ğalabalar kerak. Jamoa pozitsiyasi natijalarga bevosita boğliq.

Vaziyat yaxşi emas, ammo butun dunyoda şundayki, agar kompaniya nimadir yaxşi işlamayotgan bölsa, muammoni hal qiliş yöli izlab topiladi», — deya ispaniyalik mutaxassisdan iqtibos keltiradi FourFourTwo.