IBM (International Business Machines) boş direktori Jinni Rometti kompaniyaning kelasi 4 yil davomida AQŞda 25 ming kişini işga olişi va 1 milliard dollarni investitsiya qilişi haqida ma'lum qildi. USA Today naşri şu haqida xabar berdi.
Romettining ta'kidlaşiça, Qöşma Ştatlarda texnologiya sohasida töldirilmagan vakansiyalar hali köp. Uning sözlariga köra, muammo zarur könikmalarga ega bölgan mutaxassislarning yetişmasligidadir.
"Bulut texnologiyalar va ma'lumotlarni qayta işlaş barça sohalarni - sanoatdan tortib to qişloq xöjaligigaça özgartiradi. Şunday ekan, yangi könikmalarni talab qiluvçi işçi örinlari paydo bölmoqda. Bu esa, öz navbatida, ta'lim, tayyorgarlik va rekrutga yangiça yondaşuvni talab qilmoqda".
IBM bayonotiga köra, kompaniya qarori 14 dekabrda bölib ötgan Amerikaning yetakçi texnologik kompaniyalari rahbarlarining Donald Tramp bilan uçraşuviga boğliq emas.
Sönggi yillarda IBM AQŞdagi minglab işçi örinlar qisqarişi va resurslarni Hindiston kabi mamlakatlarga köçiriş tufayli tanqidga uçrab kelayotgan edi.












