Inson organizmi har tomonlama turli xil zararli ta'sirlarga uchraydi va zaharli moddalar bilan ifloslanib turadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslikning esa amalda iloji yo‘q. Okean suvlari orasida o‘z orolingizda istiqomat qilsangizgina toza-pokiza yashash mumkin.
Shunga ko‘ra, aksariyat insonlar o‘z organizmlarini tozalashda turli usul va vositalardan foydalanadi. Xo‘sh, bu borada eng samarali bo‘lgan usul bormi? Bu borada, dastavval bilish lozim bo‘lgan va rioya etilishi jihat shuki, inson turli chiqitlarni qabul qilishni kamaytirishi kerak. Oshqozon faoliyatini buzadigan alkogol va qahva kabi ichimliklarni kamroq iste'mol qilish, shamollashga sabab bo‘luvchi shakarli va qayta ishlangan mahsulotlar tanovulini kamaytirish zarur.
Hattoki, siz 24/7 tartibda to‘g‘ri ovqatlanishning uddasidan chiqqan taqdirda ham tananing tabiiy filtri hisoblangan jigarga o‘z vazifasini bajarishi uchun yordam berish foydadan xoli bo‘lmaydi. Jigar faoliyatini yaxshilash hujayralar va to‘qimalardagi zararli moddalarni kamaytiradi. Shu bilan birga, bu borada yaxshi natijaga erishish uchun quyidagi tavsiyalarga doimiy ravishda amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1. Kuningizni limon bilan boshlang.

Nahorda uyqudan turgach, och qoringa yangi limonning yarmi siqilgan bir jom iliq suv iching. Bu tanani kaliy, kalsiy va magniy kabi moddalardan iborat kishini tetiklantiruvchi elektrolitlarga to‘yintiradi. Inson uxlaganda, uning tanasi toksinlar bilan birga namlikni ham yo‘qotadi. Shu sababli, inson uyg‘onganida tananing namligini tiklash zarur hisoblanadi. Limon, shuningdek, jigarga ko‘proq enzim ishlab chiqarishiga ko‘maklashadi, bu esa, ovqat hazm qilishni va zaharli moddalarning tanadan chiqarib yuborilishini tezlashtiradi. S vitamini immunitetni mustahkamlaydi va erkin radikallardan himoyalaydi.
2. Egiluvchanlikni kuchaytiring

Yoga mashg‘ulotlarining umurtqa pog‘onasini egilishiga olib keluvchi har qanday usullari shlaklarning chiqishiga va ovqat hazm qilish jarayoniga turtki beradi. Doimiy ravishda asabiy buzilishlar ichki a'zolar muammolariga sabab bo‘ladi. Oddiygina mashqlarni bajarish va xotirjam chuqur nafas olish ichki mushaklar va o‘pkani bo‘shashtiradi, shu bilan barcha a'zolar va tizimlarning ishlashini yaxshilaydi.
3. Sabzavotlardan ko‘proq iste'mol qiling













