AQŞning amaldagi ma'muriyati yangi saylangan prezident Donald Trampning ExxonMobil rahbari Reks Tillersonni davlat kotibligiga tavsiya qiliş yuzasidan qarorini izohladi. 

Tramp Tillersonni AQŞ davlat kotibligiga tayinlaşi haqida 13 dekabrda rasman e'lon qilgan edi. Albatta, bunda Tillerson nomzodi AQŞ Kongressi Senati tomonidan tasdiqlanişi kerak. Unda respublikaçilar partiyasi biroz ustunlikka ega. 

"Saylangan prezident özining saylovoldi kampaniyasini Rossiya bilan munosabatlarni iliqlaştirişini ta'kidlaş bilan ötkazdi. Şuning uçun ham — RF prezidenti Vladimir Putin “Döstlik” ordeni bilan mukofotlagan kişini davlat kotibligiga tanlaş eng yaxşi usuldir. Buning kutilmagan va hayron qoladigan joyi yöq", — degan Oq uy matbuot kotibi Joş Ernest matbuot brifingida. 

Uning ta'kidlaşiça, ayrim kongressmenlar Tillersonning Rossiya bilan bunday aloqalariga jiddiy qiziqişlari aniq. 

Şu bilan birga, Ernestning tan olişiça, Tillerson "keskin savollarga javob beriş borasida qobiliyatga ega". 

Tillerson Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bir neça marotaba uçraşgan.