Tayvandagi mehmonxona biznesi bilan şuğullanuvçi mahalliy kompaniyalardan birida direktorlar kengaşini boşqaruvçi xitoylik işbilarmon Çjen Yuetsay öz qiziga ajoyib töy sovğasi - 6 kilometrdan iborat fata taqdim etdi. "Nanfan duşibao" gazetasining xabar berişiça, kelinning ketidan bunday uzun fatani uşlab yuriş uçun 560 kişini jalb qilişga töğri kelgan. 

Hozirda uşbu olti kilometrli mato bölagi Ginnesning rekordlar kitobiga tuşiş yo tuşmasligi aniqlaştirilmoqda. Kelinning otasi fikriça, 1 million yuanga (taxminan 145 ming dollar) xarid qilingan fataning rekordlar kitobiga tuşiş imkoni mavjud. 

"Uning ustida eng yaxşi dizaynerlar işlagani va uç oy davomida qölda tikilgani bejiz emas, axir", - deydi işbilarmon. 

U qizining turmuşi şu fatadek uzun bölişini tilagan holda ana şunday fataga buyurtma berganligi ta'kidlangan.