Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan tantanali yiğilişida mamlakatning 2050 yilgaça bölgan dolzarb vazifalari xususida fikr yuritdi.
"Kelgusi yillarda men jamoatçilikning sa'y-harakatlarini biz belgilab olgan barça strategik vazifa va rejalarini bajarişga qaratiş niyatidaman. 34 yildan söng, kirib keladigan 2050 yil istiqboli — bu tarix nuqtainazaridan kiçik bir davr bölib, qisqa vaqt içida yetib keladi. Bizning aniq yönalişimiz va aniq harakatlar dasturimiz bor", — degan prezident.
Uning sözlariga köra, boş vazifa Qozoğistonning eng rivojlangan 30 davlat safiga kirişdir. "2050 yilgaça biz dunyoning eng rivojlangan 30 mamlakatidan biri bölamiz. Qozoğiston örta sinfdagi aholi qatlami köp bölgan mamlakatga aylanadi. 2050 yilda kiçik va örta biznes YaIM (yalpi içki mahsulot)ning kamida 50 foizini işlab çiqaradi", — deb qayd etgan Nazarboyev.
Uning sözlariga köra, milliy iqtisodiyot ösişi mehnat samaradorligini oşiriş evaziga ta'minlanadi. Bu boradagi körsatkiç, kişiga 120 ming dollargaça oşişi kerak.
Prezidentning fikriça, Qozoğistonda taraqqiyotning innovatsion modeliga ötiladi. Sanoatlaştiriş böyiça ikkinçi beş yillik dasturi doirasida 300dan ortiq umuman yangi turdagi korxona barpo etiladi. Ilmiy-tadqiqot işlariga YaIMning 3 foizi sarflanadi. Şu bilan mamlakat fanga asoslangan iqtisodiyotga yaqinlaşadi.
"Aytganlarimning heç biri xomxayol emas. "Qozoğiston-2030" dasturini qabul qilganimizda ham buni xomxayol degandik. Ammo, biz uni muddatidan ikki marta tezroq amalga oşirdik", — degan Qozoğiston yetakçisi.












