Bugun, 15 dekabr kuni Xalq deputatlari Toşkent viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Boş vazir Abdulla Oripov, respublikadagi barça vazirlik, idora, davlat boşqaruvi organlari, şuningdek, xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputatlari, hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Yiğiliş kun tartibida körib çiqilgan masalalar qatorida viloyat hokimini tayinlaş masalasi ham muhokama etilgan.
Sharh.uz xabarida ma'lum qilinişiça, viloyat hokimi lavozimiga Bobayev Şukrullo Habibullayeviç nomzodi körib çiqilgan va viloyat kengaşi deputatlari qöllab-quvvatlaşi bilan bir ovozdan ma'qullangan.
U 2016 yilning 4 fevralida Toşkent viloyatida Ahmadjon Usmonov örniga yangi hokim sifatida tayinlangan, şu yil avgustida işdan olingan Sodiq Abdullayev örnini egalladi.
Özbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Islomjan Ergaşxöjayev Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi sifatida tayinlangandi.
Xabarlarga köra, I.Ergaşxöjayev hozirga qadar böş turgan Respublika Boş prokurorining birinçi örinbosari lavozimiga ötkazilgan.












