Uber taksi xizmati Volvo muqobil avtomobillarining Kaliforniya ştati San-Frantsisko şahridagi sinoviga start berdi, deb xabar qilmoqda The Verge.

14 dekabrdan tizim tasodifiy tanlov vositasida UberX foydalanuvçilarini tanlaydi va ularga Volvo XC90 haydovçisiz avtomobilini tavsiya qiladi. Xavfsizlik talabidan kelib çiqqan holda, maşinada Uber kompaniyasining ikki xodimi böladi. Ular old örindiqlarga joylaşadi. 

Xabarlarga köra, 13 dekabr kungi sinovlar çoğida bir neçta kutilmagan holatlar röy bergan: masalan, restoranga çaqirilgan avtomobil yöl çetida emas, balki şundoq örtasida töxtagan; boşqa bir vaziyatda avtomobil yon yölak böş bölganiga qaramay, tirband qatorda turib olgan, şundan söng, haydovçi mustaqil ravişda maşinani boşqa yölakka yönaltirgan. 

Garçsi, kompaniya rahbariyati avtomobillarning barça federal va davlat qonunlariga mos kelişini ta'kidlasa-da, Uber Kaliforniya ştati transport vositalari departamentidan muqobil avtomobillar sinovini ötkaziş uçun ruxsat ololmagan. 

Departament muqobil avtomobil işlab çiqaruvçilaridan ştat hududida ötkaziladigan sinovlar haqida ma'lum qilişni talab qilmoqda. Kompaniyalar barça avtohalokatlar yoki haydovçilarning boşqaruvni öz qöliga olişiga töğri kelgan barça holatlar haqidagi hisobotni topşirişlari lozim böladi. 

“Yigirmata işlab çiqaruvçi Kaliforniya köçalarida avtomobillarni sinovdan ötkaziş uçun ruxsat oldi. Uber ham şunday qilişi kerak”, - degan Kaliforniya transport vositalari departamenti vakili. 

Avgust oyida Uber kompaniyasi Volvo bilan şartnoma imzolab, XC90 rusumli yuzta avtomobil xarid qilgan va ularni muqobil boşqaruv uskunalari bilan jihozlagan edi. 

Uber ilk marotaba muqobil avtomobillari sinovini 2016 yil sentabrida Pittsburg şahrida boşlagan edi.