YouTube videoservisi KXDR davlat televideniyesidagi kanalni bloklab qöydi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Bu ma'noda YouTube AQŞning Şimoliy Koreyaga qöllagan amaldagi sanksiyalarini buzişdan çetlaşdi. Gazetaning ma'lum qilişiça, bloklaş şu sababdan qöllanilgan-ki, KXDR undan reklama orqali foyda olişni közlagan.

Gazeta bergan xabarga köra, Google kanalning sahifasini YouTube’dan avvalroq, noyabr oyida bloklagan edi.

Ma'lumot uçun: KXDRning mazkur kanali tungi körsatuvlar va turli tarğibot dasturlarini uzatib boradi.