Nodir tangalarni yiğiş – numizmatika – hozir butun dunyodagi eng ommabop maşğulotga aylangan. Oddiy kişilar qanday tangalar juda ham qimmat narxda baholanişini bilmasliklari mumkin, biroq professionallar bu borada butunboşli ekspeditsiyalar taşkil qilib, tinmay qidiriş işlari bilan maşğul bölişadi. 

Tanganing qiymati esa bir neça jihatga boğliq – yoşi, tarixiy qiymati, noyobligi va boşqalar. Quyida dunyodagi eng qimmat va kamyob tangalar röyxatini taqdim etamiz.

Hoşimiylar dinori

Çiqarilgan yili: 1944
Nominal qiymati: 1 dinor
Sönggi baho: 1 000 000 dollar

Saudiya Arabiston zarbxonasi bu dinorni xalifa Umar bin Abdul Azizning maşhur ziyoratiga bağişlab çiqargan. Bunga qadar u Arabiston yarim orolida çiqarilgan eng qimmat tanga, deya hisoblab kelinardi. Şuningdek, Saudiya Arabistonida tanga şarafiga butunboşli qişloq nomi ham qöyilgan.

Sen-Goden ikki boşli burguti

Çiqarilgan yili: 1907
Nominal qiymati: 20 dollar
Sönggi baho: 3 000 000 dollar

Ikki boşli burgut dizayni taniqli haykaltaroş Avgust Sen-Goden tomonidan 1907 yilda işlab çiqilgan. Juda ham murakkab suratni qayta çiqariş ança muşkul edi: ustalar talabga javob beruvçi atigi 20 nusxani tayyorlaşga muvaffaq bölişdi. Keyinroq loyiha bir neça bor özgartirildi, tanga esa 1933 yil oxiriga qadar çiqarilgan. 1907 yilning ikki nusxasi ayni kunda Smitson muzeyida saqlanadi. Öşa yilga tegişli yana bir tanga esa kimoşdi savdolarda 3 000 000 dollarga sotilgan.

Kumuş dollar