Facebook ijtimoiy tarmoğining rossiyalik foydalanuvçilari yangi Mu Day («Mening kunim») funksiyasini qöllaşlari mumkin böladi. Unda tarmoq messenjeridagi muloqot matnlari öz-özidan öçib ketadi. Yangi funksiya yordamida döstlaringiz bilan suratlar va videolarni örtoqlaşişingiz mumkin. Bu haqida tjournal naşri ma'lum qildi. 

My Day öz imkoniyatlariga köra, Instagram va Snapchat'ning xuddi şu funksiyalariga öxşab ketadi. Ana şunday "yöq bölib ketuvçi" xabarlar funksiyasi ICQ messenjerida ham bor. 

Şunisi diqqatga sazovorki, My Day'da kontent bilan işlovçi asboblar köp. Xususan, surat va videoga nafaqat qölda yoziş mumkin, balki turli stikerlarni qöşiş mumkin böladi. 

Manbaga köra, Messenger'ining sönggi versiyasini  yangilagan rossiyalik foydalanuvçilar My Day funksiyasini sinab körişlari mumkin. Işlab çiqaruvçilar unga Prisma ilovasi va Snapchat'dagi niqoblarga öxşaş suratlarni qayta işlovçi funksiyaga ega kamera ham qöşişgan. 

Şunisi qiziqki, Facebook'ning rasmiy sahifasida My Day funksiyasi haqida heç qanday ma'lumot yöq. Hoynahoy, asta-sekinlik bilan barça foydalanuvçilar uşbu funksiyani qöllaşlari mumkin böladi. 

Facebook My Day funksiyasining test rejimini 2016 yilning sentabrida işga tuşirgan. Test sinovi Polşada boşlangan.