Ildizlari moziyning tiniq buloqlaridan suv içgan xalqimning dunyoga köz-köz qilgudek qadriyatlari bisyor. Özbek palovi madaniyati va an'analari YuNeSKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilgani ham bunga yaqqol misoldir. Darhaqiqat, palov – özbek oşxonasining gultoji hisoblanadi. Xalqimizda uni bejiz erkalab “palovxontöra”, deya atamaydilar. Xonadonga kelgan eng aziz mehmon törga ötqazilib, albatta, palov bilan siylanadi. Uning “Toşkentça palov”, “Samarqandça palov”, “Şodibek palov” singari barça viloyatlarimizda öziga xos tarzda tayyorlanadigan 30dan ziyod turi mavjud.

Uning yana bir nomi – oş. Palovni maromiga yetkazib pişiradigan mahoratli oşpazlar yurtda alohida hurmatga sazovor kişi sifatida qadrlanadilar. “Taom tayyorlaş – ilmga asoslangan bir san'atdir”, degan edi milliy taomlarimiz haqida eng köp kitob bitgan olim - Karim Mahmudov. Darhaqiqat, palovxontöra masalliqdan to taom bölgunça qovurilib, qaynatilib söngra dimlanib, murakkab texnologik jarayonlarni öz içiga oladi. Şunday ekan, palovni mazali qilib tayyorlaş pazandadan alohida malaka talab qilişi tayin. 

Bugun biz taniştirişni maqsad qilgan “Andijonça palov” dunyoga donği ketgan oş turlaridan biri bölib, Asakadagi “Çöntak”, Andijon şahridagi “Behizor”, “Şarşara,” “Tabassum”, “Doniyor”, va Paxtaoboddagi “Otalar” çoyxonalarida pişirilgan oşdan tanovul qilgan mehmonlar: “Andijonça oşni yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz”, deya ta'rif berişi ham bor gap.

Asosan qöy göşti bilan va qöy yoğida qovurib tayyorlangani sababli Andijonça palov ğoyat issiqlik taom hisoblanadi. 

Oltinkölning fayzli “Aşurali ota” çoyxonasida palovni qanday tayyorlanişi haqida fotomaqola tayyorlaşni maqsad qildik. Qani, palov pişiriş jarayoniga marhamat!

1- surat: Masalliq: Devzira guruç, qöy göşti, qöy yoği, piyoz, sabzi, zira, qalampir va sarimsoq piyoz.

2- surat: Oşpaz yigit Xojiakbarning taklifi bilan öçoqboşiga yöl      olamiz

3. Qozonboşida oşni boşlaş uçun hamma masalliqlar tayyor.