Yevropaning kuçli beşlik deb atalmiş çempionatlarida bu haftada ham bir qator muhim uçraşuvlar bölib ötadi. Klassik derbilar, murosasiz töqnaşuvlar va kutilmagan syurprizlar taqdim etayotgan jamoalar örtasidagi uçraşuvlar mazkur hafta yakunidan örin olgan. Tribuna.uz uik-endda muxlislarni zeriktirmaydigan öyinlari uçun anonsini taqdim etadi.

«RB Leyptsig» – «Herta» (17 dekabr, 19:30, Matç! Futbol 3)

Keyta, Forsberg, Zabittser, Verner. Bu kabi futbolçilarni bir yil oldin deyarli heç bir futbol muxlisi yaqindan tanişi amri mahol edi. Ammo bu mavsumda leyptsigliklar bilan ajoyib futbol körsatayotgan bu futbolçilar qisqa muddatda öz nomlarini barçaga tanitişga ulgurişdi. «Herta» ham mana ikkinçi mavsumdirki bundesligani juda yaxşi boşlamoqda. Ötan turda bu ikki jamoa sinxron ravişda mağlubiyatga uçraganiga qaramay, hamon turnir jadvalining eng yuqori poğonalarini band etib turişibdi. 

«Leyptsig» ötgan turga kelibgina debyut mavsumidagi ilk mağlubiyatini qabul qilib olişga majbur böldi. Qiziq tomoni jamoa çempionatining eng yomon öyin körsatayotgan, Ralf Hazenxyuttlning sobiq jamoasiga imkoniyatni boy berib qöydi. «Herta»ning omadsizligi ham kutilmagan böldi. Jamoa bir neça uçraşuvdan iborat ğalabalardan keyin «Olimpiaştadion»da «Verder»ga mağlubiyatga uçradi.

Bu uçraşuvni öziga xos derbi ham deb nomlaş mumkin sababi, bundesliganing qolgan barça jamoasi Germaniyaning ğarbiy qismi jamoalari hisoblanadi. Aynan «Leyptsig» va «Herta» Şarqiy Germaniya şarafini himoya qilayotgan jamoalar sanalişadi.

«Barselona» – «Espanol» (18dekabrdan 19 dekabrga ötar keçasi, 00:45, UzReport)

Yana bir derbi. Yana bir uzoq tarixga ega klassik qarama-qarşilik. 

«Barselona» joriy yilning özidayoq qöşnilarini ikki marta yirik hisobda mağlubiyatga uçratişni uddaladi. Ammo hozirga kelib «Espanol» özining yaqin yillardagi eng yaxşi formasiga kirib ulgurgan. Jamoa darvozaboni Diyego Lopes 550 daqiqa mobaynida gol ötkazib yubormadi. Kike Sançes Flores şogirdlari sönggi marta 25 sentabrda mağlubiyatga uçragan. Ular 11 uçraşuvdirki mağlubiyatsiz ketişmoqda. Sönggi ikki oyda jamoa 4 ğalaba va 3 durang qayd etişgan. Şu muddat davomida «Barsa» qança oçko töplagan bölsa ularda ham şunça oçko mavjud.