Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh bilan savdo urushlari boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
Foto: Reuters
Xitoy moliya vaziri o‘rinbosari Chju Guan'yao AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp olib borayotgan siyosat mamlakatlar o‘rtasida savdo urushlariga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Xitoy savdo urushlari ro‘y bersa, javob choralarini qo‘llaydi. Ular esa AQShda ish o‘rinlarini qisqarishiga olib keladi. Biroq, biz bu sodir bo‘lishini xohlamaymiz, sababi u har ikki tomonga ham zarar keltiradi», - dedi amaldor.
Uning fikricha, savdo urushlarining davomiyligi bir yildan oshmaydi. Guan'yaoning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga umid qilmoqda.
Tramp bir necha bor AQShda Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga maxsus bojlar solinishi kerakligini ma'lum qilgan. Uning fikricha, bu XXRni yuan kursini oshirishiga majburlaydi. Shuningdek, respublikachi bir necha marta Pekinni AQShning iqtisodiy dushmani deb atagan. Bu ushbu davlatning valyuta siyosati bilan bog‘liq.
Ma'lumot uchun, Trampning inauguratsiyasi 2017 yilning 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. U AQSh prezidenti lavozimida demokrat Barak Obamani alishtiradi.
Mavzuga oid
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
19:04 / 08.01.2026
AQSh Venesuela nefti hisobiga barrel narxini 50 dollarga tushirmoqchi – OAV
15:55 / 08.01.2026