Misr çegaraçilari sobiq birinçi raqamli terrorçi Usoma bin Lodinning öğillaridan biriga mamlakatga kirişiga ruxsat berişmadi. Bu haqda "Al-Axram" naşri portali xabar bergan.

OAV ma'lumotlariga köra, "Al-Koida" asosçisining öğli Omar ben Laden Qohiraga Qatardan juma kungi reys bilan uçib kelgan. Pasport nazoratidan ötiş jarayonida esa misrlik çegaraçilar erkakni Misrga kirişi taqiqlangan kişilar röyxatida borligi haqida xabardor qilişdi. Bir neça soatdan söng ben Laden Turkiyaga uçib ketgan.

Xabarlarga köra, Umar bin Lodin Misrda 2007-2008 yillarda istiqomat qilgan.