Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi “Yöl harakatini taşkil qiliş töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. U şaharga pullik kirişni nazarda tutadi.
Hujjatga köra, mahalliy va hududiy hukumatga şaharning ma'lum bir qismida transport harakatini çeklaş yoki butunlay taqiqlaş huquqi beriladi. Şuningdek, bu hududga kirib kelayotgan avtomobil haydovçilaridan kiriş haqi ham olinişi mumkin.
Hukumat bunday qonun loyihasini qabul qiliş yöl harakatiga ijobiy ta'sir körsatadi, degan fikrda. Taxminlarga köra, şaharning ma'lum bir hududlariga kiriş haqi belgilangan soat yoki kunlarda olinişi mumkin.
Şu bilan bir qatorda, jamoat transportining maxsus yönalişlarini oçiş ham rejalaştirilmoqda.












