Toşkentda 2016 yil 14 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş tantanali marosimiga bağişlangan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi bölib ötganidan xabaringiz bor.

Xususan, Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga nomzodni tasdiqlaş masalasi ham körib çiqildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga Boş vazirning örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Abdulla Niğmatoviç Aripov nomzodini tavsiya etdi. 

 – Biz bu masala böyiça juda köp öylab, tegişli maslahatlar qildik. Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi rahbariyati va faollari bilan ham atrofliça maslahatlaşdik, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Ötkazilgan muhokamalarda bildirilgan barça fikr-mulohazalarni e'tiborga olgan holda, men uşbu lavozimga ham amaliy sohada, ham markaziy idoralarda köp yillik boşqaruv tajribasiga ega bölgan, 11 yil davomida Boş vazirning örinbosari bölib işlagan Abdulla Niğmatoviç Aripov nomzodini tavsiya etaman. 

Şavkat Mirziyoyev yiğilganlarni A.Aripovning tarjimai holi bilan taniştirdi. Nomzodning kasb malakasi, bilim va tajribasi, insoniy fazilatlari haqida gapirdi. 

“Abdulla Aripovning bevosita xizmat vakolatiga kirmaydigan qöşimça vazifalarni ham topşirib, bu insonni köp marotaba, har tomonlama sinovdan ötkazganman. 

Bu kişining yurtimizda bormagan viloyat, şahar yoki tumani, kirmagan dalasi, quriliş, madaniy-maişiy, savdo obektlari qolmagan. Şuning uçun mamlakatimiz hududlaridagi şart-şaroitni, muammo va masalalarni juda yaxşi biladi. Eng asosiysi, borgan va körgan joyidagi masalani özi mustaqil hal qiladi, agar özi yeçolmasa, aniq taklif beradi”, deya aytib ötgan Prezident. 

Davlatimiz rahbari A.Aripovning xuşmuomalaligi, odamlar bilan til topişa oliş qobiliyati, muammo va masalani eşitiş hamda negiziga yetib, uning yeçimi böyiça adolatli qaror qabul qiliş salohiyatini alohida ta'kidlagan. 

Yana bir olijanob xislati – halolligi, odamlarga doimo hurmat bilan qaraşi, ularning dardiga darmon bölişga intilişi, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatidir, dedi Şavkat Mirziyoyev. 

A.Aripov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin va örta istiqbolga möljallangan Harakat dasturi haqida nutq sözladi. 

Majlisda sözga çiqqanlar Prezidentimizning ma'ruzasida bayon etilgan ustuvor yönalişlarni qöllab-quvvatladi. Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga tavsiya etilgan A.Aripov nomzodini ma'qulladi. Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga tasdiqlaş töğrisida qaror qabul qildi.