Twitter ijtimoiy tarmoğida "Formula-1" poygalarining 7 karra jahon çempioni, afsonaviy nemis poygaçisi Mixael Şumaxerning rasmiy akkaunti paydo böldi

Şumaxer 2013 yil dekabrda Fransiyada toğ çanğisi uçayotganda miyasining ikki yarimşarida köplab jarohatlar olgan va miyasiga qon quyilgan. Sobiq poygaçi 2014 yildan beri Şveytsariyadagi  villasida salomatligini tiklaş muolajasidan ötmoqda.

Akkauntga izohda u "avtopoygalar afsonasi Şumaxerning ajoyib muxlislari uçun yaratilgani va ular uçun "paddok" (poyga jamoalari joylaşadigan maxsus hudud) bölişi" aytilgan. Avvalroq xuddi şunday ta'rif bilan poygaçining Instagram’da ham rasmiy sahifasi oçilgandi.

Şumaxer "Formula-1" poygalarining 7 karra çempioni hisoblanadi. U şuningdek "qirollik poygalari"ning köplab rekordlari muallifidir: u bosqiçlardagi ğalabalar soni (91 ta), şohsupaga kötarilişlar soni (155 ta), bir mavsumda ğalabalar soni (13 ta), eng tez davralar soni (77 ta) hamda ketma-ket qölga kiritilgan çempionlik unvonlari soni (5 ta) böyiça rekordçidir.