2021 yilgaça Germaniyaning Gamburg şahrida avtopilotda yuruvçi yölovçi avtobuslari paydo böladi. Bu haqda Hamburger Hochbahn transport kompaniyasi rahbari Xenrik Falk Hamburger Abendblatt naşriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"2021 yilgaça ilk sinov yönalişlarida harakatlanişni yölga qöymoqçimiz", deb aytdi Falk. Uning aytişiça, kelajakda bunday yuqori texnologik transport vositalari şaharlar uçun oddiy narsaga aylanadi. Falk şu bilan boğliq holda Gamburgda metroning yangi yönalişini quriş rejalaştirilayotgani va u tayyor bölganda, unda ham töliq avtomatlaştirilgan poyezdlar harakatlanişini eslatib ötgan.

Falk Gamburg aholisiga jamoat transportini aholining ehtiyojlari va yuqori texnologiyalarni rivojlantirişni hisobga olgan holda rivojlantirişga umid boğlaşi bilan ma'lum. Misol uçun, 2017 yil oxirigaça uning taşabbusi bilan şahardagi mingga yaqin avtobus, 2018 yilda esa barça avtobus bekatlari simsiz internet bilan jihozlanadi. "Bunday kölamlar heç qaysi nemis megapolisida yöq", deb aytmoqda Falk.