26 fevralda dunyodagi eng yirik yuk samolyotlaridan biri Airbus Beluga bortida yonğin çiqqani sababli Gamburgda favqulodda qönişni amalga oşirdi. Bu haqda öt öçiruvçilarga iqtibos keltirgan holda Bild naşri xabar berdi.

Taxmin qilinişiça, yonğin uçuvçi kabinasida kabel yongani sababli çiqqan. Şu sababli samolyot kiçik ölçamdagi Gamburg-Finkenverder aeroportida qönişga majbur bölgan.

Ta'kidlanişiça, samolyotning uç kişidan iborat ekipajiga heç narsa qilmagan.

Airbus Beluga 56 metr uzunlikka, 17,24 metr balandlikka ega. Qanotlari quloçi 44,84 metrni taşkil qiladi. Bortiga 47 tonnagaça yuk oladi.