U yaşirinmadi, oradan bir soatça ötgaç, Qöqon şahar IIBga kirib keldi. Undan spirt hidi anqidi. 

-  Keçqurun soat sakkizlarda ikki ulfatim bilan “Malina çoy” kafesida tamaddi qildik. Kon'yak içdik. Inom bilan ertalab körişgandim. Pulning qolganini keçqurun beraman, devdi. Qöl telefonida gaplaşdik. “Original” magazini yonida kutib oladigan böldi. Janjal çiqib, uni piçoqlab qöydim...

“Huquq” gazetasining yozişiça, yigirma uç yaşar Mamanazar (ism-familiyalar özgartirilgan) “Spark” rusumli maşinasida yölovçi taşiş bilan şuğullangan. Ötgan yilning noyabr oyi örtalarida keçki soat önlarda “Kosmonavtlar” mavzesida qöl kötargan yölovçini maşinasiga mindirib olgan. Tanişi Ilhomjondan taşqari maşinaga notaniş yigit çiqib ötirgan. Mamanazar Ilhomjonni uyiga eltib qöygan. Notaniş yigit esa mol bozoridan keyingi ikkinçi köça boşida tuşib qolgan.

-  Katta köçaga çiqib qarasam, qöl telefonim yöq, - deydi M.Valiyev. – Sönggi bor Ilhom aka va notaniş kimsa maşinamga çiqib ötirişayotganida telefonda gaplaşgandim. Ilhom aka tuşib qolganida ham yonimda edi. Ortimga qaytib, notaniş yölovçini axtardim, topa olmadim. Bir haftaça öşa mahallaga borib, sörab-suriştirdim. Ilhom akani tasodifan körib qoldim. Öşa kuni maşinamga çiqqan yigit telefonimni öğirlabdi, uçraştirib qöying, dedim. Uning ismi Inom ekan. Ilhom aka u bilan özim gaplaşib köraman, dedi. Ertasiga unga telefon qildim. Ilhom aka, gaplaşdim, tan olmayapti, dedi. Oradan bir oyça ötib, Ilhom akaga telefon qildim. Kosmonavtlar mavzesiga yetib bordim.

Tanişi Odil aka ham öşa yerda ekan. Mamanazar maşinasini töxtatib, Ilhomjonga telefon qiladi. Uning yonida turgan yigit qarşisiga kelib söraşadi. 

-  Öşanda Ilhom aka bilan birga maşinamga çiqib ötirgan edingiz.

-  Ha, öşa menman.

-  Telefonimni siz olgansiz.

-  Men olganim yöq.

-  Çiqing, maşinaga.

Mamanazar öşa kuni Ilhom aka va uni maşinasiga mindirib olgan joydan ular tuşib qolgan manzilgaça boradi.

-  Siz şu yerda tuşdingiz. Köçani boşiga çiqqanimda telefonim yöq edi. Siz olgansiz, boşqa odam olmagan. Qaytarib bering, bölmasa, pulini tölang.

Ularning ortidan kelgan Odil aka, nima gap, deb oraga tuşadi. Mamanazar unga bor gapni aytadi.

-  Böpti, qizişma, özim gaplaşib köray-çi?!

Oradan uç kun ötib, Mamanazar u bilan telefonda boğlanadi va Kosmonavtlar mavzesida körişadi.

-  Telefoningni öşa bola olgan ekan, - deydi Odil aka. – Pulini men olib beraman.

Yöqolgan “Samsung” rusumli telefon uçun 150 AQŞ dollari olib beradigan böladi. Ertasi kuni telefon qilsa, Ilhomga uçragin, deydi. Ilhom 2016 yil aprel oyigaça unga bölib-bölib, uç marta pul beradi. Mamanazar yana 100 ming söm tölaşni talab qiladi. Ilhom men Inom bilan urişib qoldim, özingiz gaplaşing, deydi.

Şu yil 22 aprel kuni keçki payt M.Valiyev ikki nafar örtoği bilan kafeda tamaddi qiladi. Söngra telefonda Inom bilan uçraşuv joyini kelişib, yölga tuşadi. Örtoqlari uning ortidan borişadi. Qatağon qişloğidagi dökon yonida Inom bilan yuzma-yuz keladi. U böldi, boşqa bir söm ham bermayman, deb oyoğini tirab oladi. Janjal çiqib, spirtli içimlik içib olgan M.Valiyev uning qorniga, duç kelgan joyiga piçoq sançadi. Örtoqlari yugurib kelib, ajratib qöyişadi. Inomni kasalxonaga yetkazişadi. Şifokorlar uning hayotini asrab qolişadi. 

Agar Mamanazar şahar IIBga murojaat qilganida, gumondor uşlanib, aybi tasdiqlangan holda, javobgarlikka tortilar edi. Ammo u telefonning pulini undiraman, deb birovning joniga qasd qilişday jinoyatga qöl urdi. Sudning hukmi bilan unga ön bir yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.