Indoneziya Harbiy-havo kuçlariga tegişli transport samolyoti Papua viloyatida harbiy manyovr amalga oşiriş çoğida qulab tuşdi va bortda bölgan 13 kişi halok bölgan. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Mamlakat qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari ma'lumotiga köra, Timika şahridan uçgan S-130 Hercules samolyoti Vamen şahri yaqinidagi toğlarga borib urilgan. Qurbon bölganlarning jasadlari Vamenga yetkazilgan.
Assoşieyted Press agentligi xabarida qayd etilişiça, halokat sababi noqulay ob-havo şaroiti bölişi mumkin. Agentlik ma'lumotiga köra, samolyot Vamen şahriga oziq-ovqat zaxiralari eltayotgandi.











